Qishki taʼtilda talabalar ikki hafta dam oladi

O‘zbekiston

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrta maxsus taʼlim muassasalari uchun taʼtilni 25-dekabrdan boshlash toʻgʻrisidagi buyruqni imzoladi.

Foto: Situativ / Depositphotos

Oliy taʼlim muassasalari hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey kabi oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida qishki taʼtil 2024-yil 25-dekabrdan boshlanadi va 2025-yil 7-yanvarga qadar davom etadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼtilni boshlash toʻgʻrisidagi buyruq oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan imzolandi.

Taʼlim muassasalarida mashgʻulotlar 2025-yil 8-yanvar, chorshanba kuni qayta tiklanadi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.