Qirgʻiziston bosh vaziri Oqilbek Japarov lavozimidan ozod etildi. Tegishli farmon prezident tomonidan imzolandi.
Qirgʻizistonning baʼzi ommaviy axborot vositalari Japarov oʻz xohishi bilan chiqib ketgani haqida bayonot yozmoqda.
Japarov ketganidan keyin Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi isteʼfoga chiqmaydi, deb yozadi “Interfaks” mamlakat prezidenti maʼmuriyatidagi manbalarga tayanib.
Qirgʻiziston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Odilbek Qosimaliyev vazirlar mahkamasi rahbari va prezident administratsiyasi rahbari vazifasini vaqtincha bajaradi.
Agentlikning vazirlar mahkamasidagi manbalari barcha vazirlar oʻz lavozimlarini saqlab qolishini maʼlum qildi.
2021-yil 1-iyundan 12-oktyabriga qadar Akilbek Japarov hukumat raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Bu davrda u Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ham rahbarlik qilgan. 2021-yil 13-oktyabrdan u hukumat raisi va prezident maʼmuriyatini boshqargan.