Alisher Qodirov rus tilini bilmaydigan migrant bolalarining oʻqishini taqiqlash haqida fikr bildirdi

O‘zbekiston

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov Rossiyada qabul qilingan, rus tilini bilmaydigan bolalarni maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonun haqida oʻz fikrini bildirdi. Siyosatchi yangi qonun postsovet mamlakatlarida rus tiliga boʻlgan hurmatni pasaytirishini taʼkidladi.

Maʼlumot uchun, Rossiya Davlat dumasi deputatlari yakuniy oʻqishda rus tilini bilish boʻyicha test sinovidan oʻtmagan migrant bolalarini Rossiya maktablariga qabul qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Bu qonun 2025-yil 1-apreldan kuchga kiradi.

Boshlangʻich umumiy, asosiy umumiy va oʻrta umumiy taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish uchun yetarli darajada rus tilini bilmaydigan bolalar mazkur taʼlim dasturlarini oʻzlashtirishga qoʻyilmaydi.

Qodirovning taʼkidlashicha, rus tilini oʻrgatish oʻrniga, Rossiya qonunchilari shunchaki tilni bilmaydigan bolalarni maktabdan chetlashtirish yoʻlini tanlagan.

U shuningdek, bugungi kunda Oʻzbekistondagi davlat muassasalarida minglab fuqarolar ishlayotganini, ularning davlat tilini bilmaydigan yuz minglab farzandlari maktablarda taʼlim olayotganini taʼkidladi.

“Rossiyalik hamkasblarimiz rus tilini oʻrgatish emas, bilmaganlarni Rossiyadan, bolalarini maktabdan haydash yoʻlini tanladi”, — deya oʻzining Telegram kanalida yozdi u.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.