Noyabr oyida banklarda muammoli kreditlar hajmi 433 mlrd so‘mga oshdi

O‘zbekiston

Noyabr oyida O‘zbekiston banklarida muammoli kreditlar hajmi 433 mlrd so‘mga oshdi va 22,4 trln so‘mni tashkil etdi. Eng ko‘p NPLni “O‘zmilliybank” (+270 mlrd so‘m), “Madad Invest” (+212 mlrd so‘m) va “Kapitalbank” (+127 mlrd so‘m) qo‘shib oldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida O‘zbekistonda muammoli kreditlar ulushi deyarli o‘zgarmadi va barcha ajratilgan kreditlar summasining 4,3 foizini tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda banklarning kredit portfeli 4,86 trln so‘mga oshib, uning umumiy balansi 525,9 trln so‘mga yetgan.

Davlat banklari orasida kreditlar qoldig‘i faqat “Agrobank”da qisqardi (-548,9 mlrd so‘m). Qolgan barcha davlat banklarida kreditlar qoldig‘ining oshishi hisobiga davlat banklarining kredit portfeli 1,9 trln so‘mga oshdi.

Xususiy va boshqa banklarning umumiy kredit portfeli 2 trln 927 mlrd so‘mga oshdi. Boshqa banklar orasida kreditlarning umumiy qoldig‘i 6 ta bankda pasaygan. Kredit portfelidagi eng katta pasayish "Ipoteka-bank"da kuzatildi (-143 mlrd so‘m).

Bank tizimidagi muammoli kreditlar qoldig‘i (NPL) bir oyda 433 mlrd so‘mga oshib, 22,4 trln so‘mdan oshdi. Davlat banklarida muammoli qoldiqlar 21 mlrd so‘mga oshdi, qolgan banklarda esa o‘sish 412 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Xususan, muammoli kreditlarning o‘sishi asosan “O‘zmilliybank” (+270 mlrd so‘m), “Madad Invest” (+212 mlrd so‘m), “Kapitalbank” (+127 mlrd so‘m) hisobidan sodir bo‘ldi. Noyabr oyida Biznesni rivojlantirish banki muammoli kreditlarni nisbatan ko‘proq (-113,6 mlrd so‘m) qaytardi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.