“Yashil makon” loyihasi doirasida eng ko‘p daraxt Qashqadaryoda ekildi

O‘zbekiston

O‘zbekistonda “Yashil makon” loyihasi doirasida 226,6 mln tup daraxt ekildi. Qashqadaryo 18,8 mln tup ko‘chat bilan yetakchi bo‘ldi. 260 ta “yashil bog‘” barpo etilib, fuqarolarning tashabbuslari bilan yana 215 ta ekoloyiha amalga oshirildi.

Foto: eco.gov.uz

2024 yilda O‘zbekistonda “Yashil makon” milliy loyihasi doirasida 226,6 million tup daraxt ko‘chati ekildi. Ekilgan daraxtlar soni bo‘yicha Qashqadaryo yetakchilik qilib, 18,8 mln tup ko‘chat ekildi.

Boshqa hududlar qatorida quyidagilar qayd etildi:

  • Farg‘ona — 18,2 mln,

  • Samarqand — 11,6 mln,

  • Andijon — 17,5 mln,

  • Xorazm — 17,3 mln,

  • Toshkent — 18,2 mln,

  • Namangan — 17,7 mln,

  • Sirdaryo — 15,5 mln,

  • Buxoro — 17,8 mln,

  • Qashqadaryo — 18,8 mln,

  • Navoiy — 15,7 mln,

  • Jizzax — 17,2 mln,

  • Surxondaryo — 17,3 mln,

  • Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 14,7 mln dona ko‘chat ekilgan.

Bundan tashqari, 1,2 million tup ko‘chat ijtimoiy soha obektlariga berilib, mahalliy hokimiyat va idoralar tomonidan 260 ta "yashil bog‘" barpo etildi.

“Ochiq byudjet” portali orqali “Mening bog‘im” dasturi doirasida fuqarolarning tashabbuslari amalga oshirilmoqda. Taqdim etilgan 789 ta loyihadan 215 tasi g‘olib bo‘lib, ular asosida 142 ta “yashil bog‘” va 73 ta jamoat bog‘i barpo etilmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.