“Toshkent — Chorvoq” mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent viloyatiga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga (“Chorvoq” erkin turistik zonasiga) mavsumiy avtobuslar qatnovi belgilangan jadval asosida tashkil etildi.
Parvozlar “Uzautotrans servicye” korxonasi tomonidan 2024-yil 28-dekabrdan 2025-yil 5-yanvargacha YUTONG avtobuslarida amalga oshiriladi.
Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 9:00 va 16:00 da yo‘lga chiqadi.
Chorvoq (Xumson)dan avtobuslar soat 12:00 va 18:00 da yo‘lga chiqadi.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha yo‘lkira narxi 20 000 so‘m etib belgilangan.