Qonunchilik palatasi fuqarolarga kredit berishni taqiqlash huquqini beruvchi qonunni qabul qildi, deb xabar qildi quyi palata matbuot xizmati.
Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarga ularning bilmasdan kredit berish va pul mablag‘larini talon-toroj qilish holatlarining oldini olishga, shuningdek, kredit byurolari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Qonunga ko‘ra, kreditni rasmiylashtirishni ixtiyoriy ravishda rad etish mexanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan kredit bitimlarini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestrini yaratish nazarda tutilgan.
Ya’ni, jismoniy shaxs kredit byurosiga bunday bitimlar bilan bog‘liq firibgarlik harakatlarining oldini olish maqsadida uning nomidan kredit shartnomasini uning ishtirokisiz yoki roziligisiz rasmiylashtirishni taqiqlash uchun ariza berishi mumkin bo‘ladi.