Oʻzbekiston Markaziy banki 14-fevral kungi dolzarb valyuta kurslarini taqdim etdi.
AQSH valyutasi birjada 13 003,95 soʻmdan sotilmoqda. Bir kunda u 14 soʻm 88 tiyinga, yil boshidan buyon esa 99 soʻmga yoki 0,77 foizga qimmatlashdi.
Aksariyat tijorat banklari dollarni 13 000 soʻmdan 13 050 soʻmgacha sotmoqda, “Apex Bank” va “Poytaxt Bank” valyutani 12 990 soʻmga baholagan. Sotib olish kursi 12 925 soʻmdan boshlanadi, Asia Alliance Bank esa uni 12 970 soʻm etib belgiladi.
2024-yilda dollar soʻmga nisbatan 4,7 foizga qimmatlashib, yil oxirida 12 920 soʻmni tashkil etdi. Devalvatsiya surʼati 2023-yilga nisbatan sezilarli darajada pasaygan boʻlsada, avvalgi ikki yilga nisbatan oʻsgan.