Davlat dumasi migrantlar uchun kirish yigʻimlarini joriy etish boʻyicha loyihalarni rad etdi

O‘zbekiston

Davlat dumasi yalpi majlisda Rossiyaga vizasiz kelayotgan chet el fuqarolari uchun kirish yigʻimlarini joriy etish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini rad etdi.

Rossiya Davlat dumasining yalpi majlisida mamlakatga vizasiz kelgan chet el fuqarolari uchun kirish yigʻimlarini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi rad etildi.

Tegishli taklif “Adolatli Rossiya — haqiqat uchun” fraksiyasining bir guruh deputatlari tomonidan kiritilgan.

Xususan, “Rossiya Federatsiyasidagi chet el fuqarolarining huquqiy holati toʻgʻrisida”gi qonunga, “Rossiya Federatsiyasidan chiqish va Rossiya Federatsiyasiga kirish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunga va Rossiya Federatsiyasining Budjet kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish taklif qilindi.

Norma Rossiyaga vizasiz kelgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga kirish yigʻimini toʻlamagan taqdirda mamlakatga kirishga ruxsat berilmasligini nazarda tutgan.

Tashabbus mualliflari oʻz tushuntirishlarida yigʻim “Rossiya Federatsiyasi qonunchiligini buzgan chet el fuqarolarini deportatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish qismida byudjetga yukni yumshatish, shuningdek, qoʻshimcha daromad manbasini yaratish” uchun moʻljallanganini taʼkidladi.

Biroq qonun loyihalari Davlat Dumasining budjet va soliqlar hamda MDH ishlari boʻyicha qoʻmitalari tomonidan qoʻllab-quvvatlanmadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.