Oʻzbekistonda avtobuslar uchun ajratilgan yoʻlaklarda harakatlanganlik uchun jazo joriy etildi

O‘zbekiston

Birinchi huquqbuzarlik BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi, takroran sodir etilgani uchun uch baravar koʻp miqdorda jarima solinadi.

Oʻzbekistonda MJTKga yoʻnalishli transport vositalari uchun maxsus ajratilgan boʻlakda harakatlanish uchun javobgarlikni joriy etish toʻgʻrisida tuzatishlar kiritildi (ruxsat etilgan holatlar bundan mustasno).

Shuningdek, avtomobil haydovchilari trotuarlar, piyodalar va velosiped yoʻlaklari, ushbu obyektlarga tutash “yashil” hududlarda harakatlangani uchun ham jazolanadi.

Birinchi huquqbuzarlik BHMning 1 baravari (375 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa - BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming soʻm) miqdorida jarima.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.