Andijonda erkak 50 dan ortiq yoʻl harakatini radarlarni oʻqqa tutdi

O‘zbekiston

“Xalq qahramoni” endi 3 yilgacha qamalishi mumkin.

Andijonda 49 yoshli erkak pnevmatik miltiqdan 29 ta chorrahada yoʻl harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi 51 ta foto va video kamera hamda bitta radar kompleksini oʻqqa tutdi. YHXX matbuot xizmati tafsilotlarni maʼlum qildi.

Hikvision brendidagi kameralar TELECOM SOFT kompaniyasiga tegishli boʻlib, uning taʼsischilari orasida “Oʻzbektelekom” ham bor. Yetkazilgan moddiy zarar 1,147 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Erkak BHMning 75 baravaridan 100 baravarigacha jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.