Oʻzbekistonda issiq va yomgʻirli ob-havo kutilmoqda

O‘zbekiston

Togʻli hududlar aholisi sel xavfi tufayli hushyor boʻlishi kerak.

14-aprelda issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻladi. Prognozni Oʻzgidromet taqdim etdi.

Harorat kechasi +8...+20 daraja, kunduzi +23...+35 daraja atrofida boʻladi.

Toshkentda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 24-26° boʻladi.

Togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.