Abbos Stanikzay Afgʻonistondan qochish va “Tolibon” yetakchisi bilan mojaro haqidagi mish-mishlarni inkor etdi
“Tolibon” tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari hibsga olinish xavfi tufayli emas, balki sogʻligʻi sababli mamlakatni tark etganini maʼlum qildi. Manbalarga koʻra, harakatning ayollar huquqlari boʻyicha siyosatini adolatsiz va islomga zid deb tanqid qilgani Haybatulla Oxundzodaning gʻazabini keltirgan.