Organ xodimlarini tasvirga olish mumkin: Senat qonun loyihasini tasdiqladi

O‘zbekiston

Oliy Majlis Senati fuqarolarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini suratga olish va videotasvirga olish, shuningdek, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda boʻlishishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Biroq materiallarni obroʻsizlantirish maqsadida joylashtirish taqiqlanadi.

Foto: Vaziyatga oid / Anna Kulchenko

Senat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini suratga olish va videotasvirga olish hamda ushbu materiallarni tarqatish huquqini fuqarolarga qoldirayotgan qonun loyihasini maʼqulladi.

Maʼlum qilinishicha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilishi rejalashtirilgan 195-2-modda Senat va Qonunchilik palatasining kelishuv komissiyasi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan.

Natijada fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini suratga olish va videotasvirga olish hamda ushbu materiallarni tarqatish huquqi cheklanmasligi kerak, degan qarorga kelindi.

Qonun loyihasida belgilangan yangi tartibga koʻra, videoyozuvni montaj qilish va shaxsiy maqsadlarda tarqatish orqali uni qasddan buzib koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 10 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olish nazarda tutilmoqda.

Bunday huquqbuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

“Bu fuqarolar huquq-tartibot idoralari xodimlarining xatti-harakatlarini erkin qayd etishi va ushbu materiallarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishi mumkinligini anglatadi. Boshqacha aytganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati toʻliq hajmda saqlab qolinmoqda. Qonun faqat bu materiallarni obroʻsizlantirish maqsadida tarqatmaslikni talab qiladi”, — dedi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burxonov.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.