Anhorboʻyida mojaro: Tadbirkor seysmik jihatdan xavfli hududda koʻp qavatli uy qurmoqchi
Toshkentning Labzak mahallasida, Anhor daryosi boʻyida “Park Retail” MCHJ kompaniyasi tomonidan turar-joy majmuasi qurilishi rejalashtirilgan. Bir gektarga yaqin hududda qimmatbaho daraxtlar kesilgan va poydevor chuquri qazilgan. Kompaniya sudda yutqazgan boʻlsada, turli yoʻllar bilan, hatto aldov va ommaviy axborot vositalari orqali manipulyatsiya qilish yoʻli bilan boʻlsa ham, loyihani qayta jonlantirishga urinmoqda. Hozirgi kunda ushbu turar-joy majmuasiga taqiq qoʻyilgan.