
Oʻzbekistonliklarga 1 trln soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi
2024-yilda respublika boʻyicha isteʼmolchilarga 1 mlrd chek boʻyicha 1 trln soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi. Shundan dekabr oyi uchun 89,2 mlrd soʻm tasdiqlangan. Eng koʻp keshbekni Toshkent aholisi olgan: ularga 412 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ hisoblangan.