Alisher Qodirov Uzbekistan Airways`ning til siyosatini qayta koʻrib chiqishni taklif qildi
“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi milliy aviakompaniya oʻzbek tiliga urgʻu berishi kerak, deb hisoblaydi. Uning fikricha, uch tildan foydalanish xodimlarga ortiqcha yuk boʻlib, xavfsizlik boʻyicha yoʻriqnomalarda oʻzbek tilini eʼtiborsiz qoldirish xato hisoblanadi.