Toshkentda taksi haydovchisi uxlab qolgan yoʻlovchi nomiga 12 mln soʻmlik mikroqarz rasmiylashtirdi
Toshkentda yoʻlovchi taksi haydovchisi uxlab yotgan ayolga 12 mln soʻmlik mikroqarz rasmiylashtirgan. Erkak tanishi bilan bankomat orqali pul yechib olib, oʻz ehtiyojiga sarflagan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.