Qozogʻistondagi sud “Qantar-2022” ishi boʻyicha hukm chiqardi
“Yovvoyi Arman” nomi bilan tanilgan Arman Jumageldiyev Qozogʻistonda ommaviy tartibsizliklar uyushtirishda aybdor deb topildi. U bilan birga Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Ruslan Iskakov va bloger Qayrat Kudaybergen ham sudlangan. Jami 43 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.