O‘zbekistonda “El-yurt umidi” prezident stipendiyasi paydo bo‘ladi

Gʻoliblar test sinovlari va suhbat o‘tkazish orqali ochiq tanlov asosida aniqlanadi. Test sinovlari davomida nomzodlarning intellektual qobiliyati, tahliliy va kreativ fikrlashi, psixologik barqarorligi baholanadi.

O‘zbekiston

O‘zbekistonda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha o‘qishga eng munosib nomzodlarni tanlab olish uchun “El-yurt umidi” prezident stipendiyasi ta’sis etilmoqda. Farmon davlat rahbari tomonidan imzolandi.

Gʻoliblar test sinovlari va suhbat o‘tkazish orqali ochiq tanlov asosida aniqlanadi. Test sinovlari davomida nomzodlarning intellektual qobiliyati, tahliliy va kreativ fikrlashi, psixologik barqarorligi baholanadi.

Xorijiy OTM va ilmiy muassasalarning global reytinglardagi o‘rniga qarab:

  • jahon reytingida birinchi 100 talikka kirgan oliy ta’lim muassasalariga grant asosida o‘qishga kirgan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovsiz beriladi;
  • reytingda birinchi 300 talikka kirgan nomzodlarga xalqaro transport va yashash xarajatlari “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan tanlovsiz qoplab beriladi;
  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qish xarajatlarining kamida 50 foizi grant asosida qoplanadigan top-20 talikka kirganda ham “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovsiz taqdim etiladi.
Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Xorijdan qaytgan 250 ming oʻzbekistonlikka yil oxirigacha ish topib beriladi O‘zbekiston Qozogʻistonlik yosh futbolchilarning Toshkentda zaharlanishi: jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, shifoxonada 18 kishi qolmoqda O‘zbekiston Surxondaryoda yarim yildan beri daryo boʻyida yoʻqolgan 2 yoshli bola qidirilmoqda — yordam uchun 20 mln soʻm vaʼda qilindi O‘zbekiston Toshkentdagi OTM talabalari Xavfsiz talaba ilovasisiz darsga kiritilmayapti — vazirlik tekshiruv boshladi O‘zbekiston