Surxondaryoda yarim yildan beri daryo boʻyida yoʻqolgan 2 yoshli bola qidirilmoqda — yordam uchun 20 mln soʻm vaʼda qilindi

Surxondaryo viloyati IIB 26-aprel kuni Sariosiyo tumanidagi daryo boʻyidagi dam olish maskanida yoʻqolgan termizlik 2 yoshli Zabayr Salimovni topishda yordam soʻradi. Yarim yillik qidiruv natija bermadi. Bolaning qayerdaligini aniqlashga yordam bergan kishiga 20 mln soʻm toʻlanadi.

O‘zbekiston
Фото: Carpodacus / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0. Иллюстративное фото

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yarim yildan koʻproq vaqt oldin yoʻqolgan 2 yoshli bolani qidirish haqida murojaat tarqatdi, deya xabar berdi IIB matbuot xizmati.

Termiz shahridagi «Yulduz» mahallasida yashovchi 2024 yilda tugʻilgan Zabayr Sardorovich Salimov 26-aprel kuni Sariosiyo tumanidagi «Sangdarak» mahallasi hududidagi dam olish maskanida yoʻqolgan. U ota-onasi bilan daryo boʻyida boʻlgan. Onasi mashina yoniga borganida bola gʻoyib boʻlgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari hozirgacha natija bermadi, bolaning qayerdaligi nomaʼlum.

Bola haqida maʼlumotga ega boʻlganlar 102 raqamiga yoki quyidagi telefonlarga xabar berishi soʻraladi:

  • 97 698-51-51;
  • 91 583-48-48;
  • 94 514-11-15.

Qidiruvga yordam bergan kishiga 20 mln soʻm mukofot puli beriladi.

Eslatib oʻtamiz, 2021 yilda Buxoro viloyatida bir yarim yil oldin yoʻqolgan bola topilgan edi.

Ulashish
Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Surxondaryoda “faoliyat ko‘rsatmayotgan” kompaniya ko‘p millionlik tenderni yutib oldi Янгиликлар Toshkentliklarni haqorat qilgan qiz 10 sutka maʼmuriy qamoqqa olindi Янгиликлар Surxondaryoda pora bilan qoʻlga olingan hokim yordamchisi axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi Янгиликлар Surxondaryoda M25 koni hududida yongʻin oʻchoqlari paydo boʻldi — video Янгиликлар