“Toshkent” aeroporti xodimi ish o‘rinlarini oldi-sotdi qildi

“Toshkent” aeroporti aviatsiya xavfsizligi xizmati nazoratchisi 10 nafarga yaqin fuqaroga 500 dollardan 1000 dollargacha ish va’da qilgan. U navbatdagi pora bilan qo‘lga tushdi va jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston

Toshkent xalqaro aeroporti xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aeroport aviatsiya xavfsizligi xizmati nazoratchisi fuqaroni tanishlari orqali qo‘riqlash nazoratchisi lavozimiga ishga joylashtirishga va’da bergan. Xizmatlari uchun 500 dollar so‘radi.

Mutaxassislarning aniqlashicha, gumonlanuvchi 10 nafarga yaqin fuqarodan aeroportga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, 500 dollardan 1000 dollargacha pul olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) va 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Hozirda gumonlanuvchining xatti-harakatlaridan jabrlangan boshqa shaxslarni aniqlash ishlari davom etmoqda.

Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Mirzayev Belarusda 10 ming bosh qoramolga mo‘ljallangan majmua ochilganini bildirdi O‘zbekiston IIV SAFE Service ma’lumotlari tarqalgani haqidagi xabarlarni tekshirmoqda O‘zbekiston Farg‘ona viloyati va Toshkentda 26 mingdan ortiq kitob olib qo‘yildi — DXX O‘zbekiston Istanbul ko‘priklari Mirziyoyev tashrifi munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi O‘zbekiston