29-avgust kuni olimlar Quyoshda so‘nggidan oldingi quvvat sinfidagi chaqnashni qayd etishdi. Bu haqda TASS yozmoqda.

M1.1 chaqnashi Toshkent vaqti bilan soat 09:16 da qayd etilgan, uning davomiyligi to‘qqiz daqiqani tashkil etgan. Mutaxassislar Yerga ta’sir qilish ehtimoli yuqori bo‘lgan kuchli portlashlar xavfi saqlanib qolayotganini ma’lum qildi.

Quyosh chaqnashlari rentgen nurlarining quvvatiga qarab beshta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X. Minimal sinf A0.0 Yer orbitasidagi har kvadrat metrga 10 nanovatt nurlanish quvvatiga to‘g‘ri keladi.

Keyingi harfga o‘tganda quvvat 10 marta ortadi. Chaqnashlar quyosh plazmasining chiqishi bilan birga bo‘lishi mumkin, uning bulutlari Yerga yetib borgach, magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin.