O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiyaning yangi elchisini qabul qildi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
Elchi Aleksey Yerxov Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan ham samarali fikr almashildi.
Ikki tomonlama kun tartibimizni ilgari surish va barcha sohalarda hamkorligimizni kengaytirishda yaqindan hamkorlik qilamiz. Elchi janoblariga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar tilab qolamiz, — dedi Baxtiyor Saidov.