Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Nepaldagi qarorgohi Dehlida bo‘lgan birinchi elchisi bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” xabar bermoqda.
Rustambayev Nepal prezidenti Ram Chandra Paudelga ishonch yorliqlarini topshirdi. Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Nepal tomoni gidroenergetika, turizm va ta’lim kabi sohalarda hamkorlik uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindiston, Bangladesh va Maldiv orollaridagi elchisi hisoblanadi.