8-yanvardan O‘zbekistondagi metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi sababli qaror qabul qilindi. Aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlarni uzluksiz gaz bilan ta’minlash maqsadida metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilmoqda.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yoqilg‘i quyish shoxobchalarining ish rejimi hokimliklar bilan kelishilgan holda va gaz bosimiga qarab belgilanadi. Rasmiylarning qayd etishicha, cheklovlar vaqtinchalik xarakterga ega. Hozirgi vaqtda gaz bosimini normallashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.