Sinoptiklar keskin sovish haqida ogohlantirdi: qor va sovuqni qachon kutish kerak

9 noyabrdan Oʻzbekistonga sovuq va nam havo kirib kela boshlaydi, deb ogohlantirdi Oʻzgidromet. 9–11 noyabrda deyarli butun mamlakatda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli, shimol va togʻlarda 10–11 noyabrda yogʻingarchilik qorga aylanadi. Tunda shimoliy va choʻl hududlarida 7° gacha sovuq kutilmoqda.

O‘zbekiston
Фото: NOVA24

Sovuq va nam havo massasi 9 noyabrdan Oʻzbekiston shimoliga, 10–12 noyabrda esa qolgan hududlarga kirib keladi, deb xabar berdi Oʻzgidromet.

Yogʻingarchilik va shamol qanday boʻladi:

  • 9–11 noyabrda mamlakatning katta qismida yomgʻir, ayrim joylarda kuchli;
  • 10–11 noyabrda shimol va togʻlarda yomgʻir qorga aylanadi;
  • ayrim hududlarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayadi.

Harorat 9 noyabrda shimolda, 10–12 noyabrda boshqa hududlarda pasaya boshlaydi.

  • Shimol va choʻl hududlari: tunda 2–7° sovuq, kunduzi 3–8° iliq.
  • Qolgan hududlar: tunda 0–5° iliq, ayrim joylarda 1–2° sovuq, kunduzi 7–12° iliq.

Eslatib oʻtamiz, oktabr oxirida noyabrda sovish va ayrim joylarda qor kutilayotgani xabar qilingan edi.

Ulashish
Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Bugun Toshkentda havo sezilarli isiydi, togʻlarda esa sel boʻlishi mumkin O‘zbekiston Sinoptiklar yana sel xavfidan ogohlantirdi: qaysi tumanlar xavf ostida O‘zbekiston Yomgʻir, qor va sel: sinoptiklar oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi O‘zbekiston 4–5-noyabr kunlari toʻqqiz viloyatning togʻli hududlarida sel va suv toshqinlari boʻlishi mumkin — Oʻzgidromet O‘zbekiston