Avtobus yoʻlagiga chiqqanlarga 5 barobar koʻp jarima solinadi

O‘zbekiston

Qonunchilik palatasida avtobus yoʻlagiga chiqish uchun jarimalar bilan bogʻliq yangi qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda. Birinchi qoidabuzarlik uchun jarima miqdori BHMning uch barobariga, bir yil ichida takroran sodir etilsa, besh barobariga tenglashtiriladigan boʻladi.

Фото: gazeta.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitasi jamoat transporti ishini takomillashtirish maqsadida qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Hujjat siyosiy partiyalar fraksiyalariga koʻrib chiqish uchun yuborildi.

Loyihada Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga jamoat transporti uchun ajratilgan yoʻlaklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar kiritish orqali oʻzgartirishlar taklif etilmoqda. Birinchi qoidabuzarlik uchun jarima miqdori BHMning uch barobariga, bir yil ichida takroran sodir etilsa, besh barobariga tenglashtiriladigan boʻladi.

Mavzuga oid materiallar