Toshkentda havo sifati biroz yomonlashdi

O‘zbekiston

2-dekabr holatiga koʻra, Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi meʼyordan toʻrt barobar oshib ketdi.

Foto: Kun.uz

2-dekabr kuni PM2.5-mayda zarrachalar miqdori 20,6 mkg/m³ ni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalaridan 4,1 barobar yuqori ekanligi IQAir maʼlumotlaridan maʼlum boʻldi.

Soat 08:00 holatiga koʻra, Toshkent shahri havosidagi O³ va PM10 ifloslantiruvchi moddalar miqdori ruxsat etilgan chegaradan oshmagan.

Biroq, xavfli PM2.5 zarralarining konsentratsiyasi JSST tavsiyalaridan 4,1 barobar yuqori chiqdi. Atmosfera sifati oʻrtacha deb baholandi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.