Boks boʻyicha Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik sportchi Havasbek Asadullayev qoidabuzarligi uchun oltin medaldan mahrum etildi. 11-dekabr kuni Tailandda boʻlib oʻtgan 71 kg vazn toifasidagi finalda qozogʻistonlik bokschi Ablayxan Jusupovni magʻlubiyatga uchratdi. Biroq Qozogʻiston boks federatsiyasi Asadullayev jang paytida raqibining yelkasini tishlab olganini daʼvo qilib, norozilik bildirdi.
Osiyo boks konfederatsiyasi ushbu voqeani jiddiy qoidabuzarlik deb topdi va oʻzbekistonlik sportchini diskvalifikatsiya qildi. Natijada oltin medal Ablayxon Jusupovga topshirildi, chunki diskvalifikatsiya qilingan taqdirda raqib gʻolib hisoblanadi.