2025 yildan O‘zbekistonda magistraturaga kirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar faqat xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lsagina kirish imtihonlarini topshirishlari mumkin bo‘ladi.
Filologik yo‘nalishlarga kiruvchilar uchun C1 darajasi, qolgan mutaxassisliklar uchun esa B2 darajasi belgilangan. Imtihonlar Davlat test markazi (DTM) tomonidan tashkil etiladi va chet tili, mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarni tekshirish, shuningdek, diplomning o‘rtacha ballarini hisobga olishni o‘z ichiga oladi.
Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ushbu o‘zgarishlar magistraturaga qabul jarayonining shaffofligi va adolatliligini oshirishga qaratilganini ta’kidladi.