2024-yilda Oʻzbekistonda sudlar tomonidan 77 995 nafar shaxsga nisbatan 61 481 ta jinoyat ishi koʻrib chiqilgan. Shu bilan birga, 723 nafar shaxs oqlandi va reabilitatsiya qilindi.

Sudlanganlar orasida 61 502 nafar shaxs boʻlib, ulardan 20 659 nafariga ozodlikdan mahrum qilish va 39 763 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlangan. 1 080 kishi shartli hukm qilindi.

Statistika maʼlumotlariga koʻra, eng keng tarqalgan jinoyatlar orasida:

  • Firibgarlik

  • Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish

  • Oʻgʻirlik

  • Giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar

  • Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish

  • Qalbaki hujjatlarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish

  • Qasddan badanga yengil shikast yetkazish

  • Bezorilik

  • Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish

  • Giyohvand moddalarni oʻtkazish maqsadida noqonuniy muomalaga kiritish

Yarashuv instituti tufayli 13 ming 434 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Avvalroq Oʻzbekistonda bir yil ichida 12 milliondan ortiq kiberhujumga urinish qayd etilgani, firibgarlik holatlari esa 34 foizga oshgani haqida yozgandik.