Oʻzbekistonda Olimpiya musobaqalari boshlanadi. Gʻoliblarga avtomobil va uy-joy beriladi

O‘zbekiston

Oʻzbekistonda olimpiya sport turlari boʻyicha yangi musobaqalar tizimi “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” paydo boʻladi. Turnirlar yiliga ikki marta hududlarda oʻtkaziladi, eng yaxshi sportchilar uy-joy va avtomobil bilan taqdirlanadi.

Oʻzbekistonda olimpiya sport turlari boʻyicha yangi musobaqalar tizimi — “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” paydo boʻladi, deya xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Turnirlar yiliga ikki marta hududlarda oʻtkaziladi, eng yaxshi sportchilar uy-joy va avtomobil bilan taqdirlanadi. Birinchi bosqichda tuman va viloyatlar kesimida musobaqalar oʻtkaziladi. Tuman va viloyat bosqichlari gʻoliblari mahalliy hokimlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

Final bosqichi har yili 10-20-dekabr kunlari oʻtkaziladigan Prezident olimpiadasi doirasida Olimpiya shaharchasida boʻlib oʻtadi.

Birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi. 1-2 kurs talabalari yosh sportchilarni qoʻllab-quvvatlashning yangi dasturi doirasida stipendiya olishlari mumkin boʻladi.

Bosh sovrinlar — avtomobil va uy-joy.

Tashabbus iqtidorli sportchilarni topish va sportchilarga Olimpiya choʻqqilarini zabt etishga yordam beradigan adolatli ragʻbatlantirish tizimini yaratishga qaratilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston medallar jamgʻarish boʻyicha turkiy davlatlar va MDH davlatlari orasida 1-oʻrinni egallagandi. Bu natijalar Oʻzbekiston tarixida misli koʻrilmagani taʼkidlangan.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.