Prezident raisligida 13-fevral kuni Olimpiya va Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari boʻyicha videoselektor yigʻilishi boshlandi.
Yigʻilishda oʻtgan yili ommaviy sport tadbirlarida ishtirok etganlar soni 10 million nafarga yetgani taʼkidlandi. Lekin joylarda yoshlarni yoshligidan sportga jalb etish bir xil emas.
““Besh tashabbus olimpiadasining oʻtgan yilgi mavsumida tuman bosqichida gʻolib boʻlgan 150 ming yoshlarning atigi 15 foizi sport maktablariga tanlab olingan”, — deyiladi xabarda.
Endi har hafta mahallalarda jismoniy faollik boʻyicha ommaviy tadbirlar oʻtkaziladi, ularga nogironligi boʻlgan shaxslar keng jalb etiladi, shuningdek, mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” joriy etiladi.
Yil yakuni boʻyicha eng faol oilalarga trenajyorlar beriladi, eng yaxshi mahallalarda sport maydonchalari quriladi va jihozlanadi.
Avvalroq Oʻzbekistonda olimpiya sport turlari boʻyicha yangi musobaqalar tizimi — “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” paydo boʻlishi haqida yozgandik.
Turnirlar yiliga ikki marta hududlarda oʻtkaziladi, eng yaxshi sportchilar uy-joy va avtomobil bilan taqdirlanadi.