
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga yana DXX rahbari boshchilik qilishi mumkin
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentligiga DXX rahbari Bahodir Qurbonov nomzodi taklif qilindi. Xavfsizlik kuchlari 2019-yildan buyon OʻFAni boshqarib kelmoqda. Xuddi shunday holat Qirgʻizistonda ham sodir boʻlmoqda, u yerda respublika Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Futbol ittifoqini boshqaradi.