Ahmad ash-Sharaa Suriya yangi prezidenti deb eʼlon qilindi
Suriya yetakchisi va “Hayʼat Tahrir ash-Shom” guruhi rahbari Ahmad al-Sharaa rasman oʻtish davri uchun mamlakat prezidenti etib tayinlandi. Bunday qaror XTSH boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar alyansiga kirgan qurolli guruhlar qoʻmondonlarining uchrashuvida qabul qilindi.