Toshkent aholisi hukumatdan chora koʻrishni talab qilib, “Bizga toza havo kerak” chellenjini boshladi
Toshkent aholisi ijtimoiy tarmoqlarda “Bizga toza havo kerak” shiori ostida chellenj uyushtirib, hukumatdan ekologik vaziyatni yaxshilash choralarini talab qildi. Avvalroq poytaxt havo ifloslanishi eng yuqori boʻlgan shaharlar orasida birinchi oʻringa chiqib, yil boshidagi antirekordni yangilagandi.