OpenAI Deep Research — mustaqil tadqiqotlar oʻtkazish uchun sunʼiy intellekt agentini taqdim etdi
OpenAI yangi Deep Research sunʼiy intellekt agentini taqdim etdi. Chat mustaqil ravishda tadqiqotlar olib borish, maʼlumotlarni tahlil qilish va jarayonni real vaqt rejimida moslashtirish imkoniyatiga ega. Deep Research oʻz ishining har bir qadamini batafsil tavsiflaydi va yakunida qisqacha xulosa va foydalanilgan manbalar roʻyxatini taqdim etadi.