Oʻzbekistonda qon donorlarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda
Qonun loyihasida donorlarga toʻlanadigan haq miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha oshirish va “Faxriy donorlar” uchun qoʻshimcha imtiyozlar nazarda tutilmoqda. Takliflar orasida jamoat transportida bepul yurish, sanatoriylarga navbatdan tashqari yoʻllanmalar va oʻzi va yaqinlari uchun bepul qon taʼminoti bor.