Mushuklarni ko‘chada qoldirganlar va yordam kutayotgon yuzlab yoqimtoylar

Layfstayl

«Милые кошки» da boshpana topgan yuzlab yoqimtoy mushuklar yordamga muhtoj va o‘z egalarini kutmoqda.

Foto: «Милые кошки» telegram guruhi

Mushuklar insonlarni juda yaxshi ko‘radi va ko‘plab insonlar ham mushuklarni sevadi, parvarish qiladi va ularni oila a‘zosidek qabul qiladi. Ammo, hamma insonlar ham mushuklarni yaxshi ko‘ravermaydi. Ularning orasida mushuklarni ko‘chaga tashlab ketadiganlar va ularga zarar yetkazadiganlar ham uchrab turadi.

"Милые кошки" telegram guruhi faollari hozirgi kunda yuzlab mushuklarni o‘z qaramog‘iga olishgan. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilgan. Ba‘zi mushuklar og‘ir ahvolda ko‘chadan topilgan. Guruh faollarining yozishicha turli kasallik, shikastlanish va og‘riqlar bilan ko‘chada yashayotgan mushuklarning hayoti saqlab qolingan.

Guruh faollarining telegram sahifasida yozishicha, hozirgi kunda moliyaviy ahvol yomonlashganligi sababli mushuklarga yegulik va dori-darmon yetkazish qiyinlashib bormoqda. Shu sababdan mushuk boqib olish istagida bo‘lganlar tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va sog‘ligi yaxshilashgan bu yoqimtoylarni olib ketishlari mumkin. Ko‘ngillilar esa ahvoli og‘ir mushuklarni saqlab qolish va parvarishi uchun ushbu mushuklar boshpanasi bo‘lgan «Милые кошки» guruh faollariga yordam berishlari mumkin.

Mushuklarni yaxshi ko‘raylik. Hech bo‘lmaganda ularga zarar yetkazmaylik.

Telegram: https://t.me/koshkivdobrieruki

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.