Senat ekologik ekspertiza sohasida shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi
Oʻzbekiston parlamenti yuqori palatasining navbatdagi majlisida ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash masalalarini tartibga soluvchi yangi qonun koʻrib chiqildi va qabul qilindi.