Oʻzbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish jadallashtiriladi
Oʻzbekistonda farmatsevtika sanoatini raqamlashtirish, startaplarni qoʻllab-quvvatlash va biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarish tezlashtiriladi. Shuningdek, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish uchun jamgʻarmalar tashkil etiladi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyasi JSST tomonidan qayta malakadan oʻtkaziladi.