O‘zbekiston yangi issiqlik elektr stansiyalari tufayli 1 mlrd kub metr gazni iqtisod qildi
2024-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistondagi IESlar rejalashtirilgan 700,5 million kub metr gaz o‘rniga 1 milliard kub/metr gazni iqtisod qildi. Issiqlik elektr stansiyasini mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha energiya importida 21 million dollar tejashga erishildi.