Hyundai elektromobillarga va inqilobiy ishlab chiqarish texnologiyalariga $11,2 mlrd sarmoya kiritadi
Hyundai Motor Company Ulsanda 2026-yilda ishga tushadigan yangi zavod quryapti. Ishlab chiqarishda ulkan press yordamida avtomobillarning yaxlit kuzovlarini quyish imkonini beruvchi HyperCasting texnologiyasi qoʻllaniladi. Bu yechim xarajatlarni kamaytiradi va yangi avlod elektromobillarining sifatini oshiradi, shuningdek Hyundaiʼning bozordagi oʻrnini mustahkamlaydi.