Shavkat Mirziyoyev qurilishi yakunlanayotgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. 2018-yilda boshlangan markaz qurilishi tez orada yakunlanadi. Markaz binosi uch qavatli boʻlib, qadimiy meʼmoriy yodgorliklar uslubida qurilgan.