Oʻzbekiston kiberjinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi
2025-yildan boshlab Huquqni muhofaza qilish akademiyasida kiberxavfsizlik boʻyicha magistraturada oʻqish boshlanadi, IIV Akademiyasida esa yangi bakalavriat yoʻnalishi ochiladi. Shuningdek, raqamli kriminalistika fakulteti tashkil etilib, huquq-tartibot xodimlari uchun onlayn kurslar yoʻlga qoʻyiladi.