Oʻzbekistonda Coinpay va Binance qoʻshma platformasi ishga tushirildi
Oʻzbekistonda kriptoaktivlar sohasida xizmat koʻrsatuvchi Coinpay va Binance qoʻshma platformasi ish boshladi. Loyiha ILMA koʻmagida yaratilgan va mamlakat qonunchiligiga mos keladi. Yangi xizmat milliy toʻlov tizimlari orqali kriptoaktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va Binance xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.