Kongo DRda qurolli mojaro: qoʻzgʻolonchilar Gomani nazorat ostiga olishdi, BMT gumanitar falokat xavfidan ogohlantirmoqda
M23 (tutsi) qoʻzgʻolonchilar guruhi Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi Goma shahrini egallab olganini eʼlon qildi, bu soʻnggi yillarda mojaroning eng katta keskinlashuvi boʻldi. Janglar tinch aholining oʻlimiga, yuzlab odamlar yaralanishiga va aholining ommaviy koʻchishiga olib keldi — 400 mingdan ortiq kishi shaharni tark etdi. BMT Ruandani qoʻzgʻolonchilarni qoʻllab-quvvatlashda va harbiy harakatlarda ishtirok etishda aybladi, ammo Kigali oʻz ishtirokini rad etmoqda.