
Mixail Kavelashvili Gruziya prezidenti lavozimiga rasman kirishdi
Mixail Kavelashvili qasamyod qabul qildi va Gruziya prezidenti lavozimiga rasman kirishdi.
Mixail Kavelashvili qasamyod qabul qildi va Gruziya prezidenti lavozimiga rasman kirishdi.
“Kamtarona” karyeraga ega boʻlgan sobiq futbolchi, shuningdek, Gʻarbga qarshi bayonotlar bilan chiqqan “Xalq kuchi” deputatlar guruhining asoschisi — Mixail Kavelashvili Gruziya prezidenti boʻldi. Saylov birinchi marta saylovchilar ishtirokisiz oʻtkazildi. Aynan Kavelashvili va uning hamkorlari mamlakatni Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish huquqidan amalda mahrum qilgan chet el agentlari toʻgʻrisidagi shov-shuvli qonun loyihasini ilgari surishgan.
Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.