Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi generalni oʻldirishda gumonlanib hibsga olindi
Rossiyada Rossiya Qurolli Kuchlarining radiatsion, kimyoviy va biologik himoya qoʻshinlari boshligʻi Igor Kirillov va uning yordamchisini oʻldirishda gumon qilingan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Unga 100 ming dollar mukofot va yashash uchun Yevropa mamlakatlaridan biriga borish vaʼda qilingan.